Farzandingiz bir oydan keyin toʻgarakni tashlab ketdimi?
Bu tabiiy, bolalar oʻziga yoqadiganini izlaydi. 1Fit Kids bilan bitta obuna orqali turli yoʻnalishlarni sinab koʻrasiz va bir oy oldindan toʻlamaysiz
- 1
Jetonlarni nimaga sarflashni o‘zingiz tanlaysiz
- 2
Barcha yoʻnalishlar bitta ilovada
- 3
Barcha bolalarga bitta obuna
- 4
Yo‘nalish yoqmadimi? Boshqasini tanlang
Bolalar uchun turli mashg‘ulotlarni jamladik
0 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun sport, ijod, mantiq, tillar va koʻngilochar mashgʻulotlar. Har oy yangi narsa qoʻshamiz
Sport
Ijod
Mantiq va tafakkur
Taʼlim
Koʻngilochar
Erta rivojlanish
Obunani tanlang
Oyiga bitta toʻlov. Jetonlar oiladagi barcha bolalarning mashgʻulotlariga sarflanadi
- 40
Minimal
400 000 soʻm-20%500 000 soʻmBir farzand bilan turli yo‘nalishlarni sinab ko‘rish
Ilovani yuklab olish - Mashhur70
Optimal
600 000 soʻm-14%700 000 soʻmBir farzand uchun muntazam mashg‘ulotlar
Ilovani yuklab olish - 120
Oilaviy
1 000 000 soʻm-9%1 100 000 soʻm2 yoki undan ortiq farzandlar uchun muntazam mashg‘ulotlar
Ilovani yuklab olish
Ilovani yuklab oling va bolani birinchi mashgʻulotga yozdiring
Barcha toʻgaraklar, jadval va yozilish bir joyda

Koʻp beriladigan savollar
1Fit Kids — 0 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun sport seksiyalari, to‘garaklar va rivojlantiruvchi markazlarga qatnashish imkonini beruvchi oylik obuna. Sport, ijod, intellektual rivojlanish, qo‘shimcha ta’lim, ko‘ngilochar mashg‘ulotlar va bolalar rivoji uchun turli faoliyatlar — barchasi bitta obunada!
Har oy hisobingizga ma’lum miqdorda jetonlar tushadi va siz ularni ilovadagi istalgan mavjud mashg‘ulot uchun sarflashingiz mumkin. Masalan, 70 jetonli tarifni xarid qildingiz — endi ularni sarflash uchun bir oyingiz bor
Har bir mashg‘ulotning o‘z narxi bor: biri 5 jeton, boshqasi esa 9 jeton turishi mumkin. Shuning uchun tarifni tanlashda qatnashmoqchi bo‘lgan mashg‘ulotlaringiz narxini hisobga oling
Obuna avtomatik ravishda uzaytiriladi. Uni istalgan vaqtda bekor qilishingiz yoki qayta faollashtirishingiz mumkin. Obuna uchun to‘lov amalga oshirilishi bilan jetonlar hisobingizga tushadi
Hozirda 1Fit Kids faqat Toshkentda mavjud, ammo tez orada O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham paydo bo‘ladi
Istalgancha! Agar oilangiz katta bo‘lsa, barcha bolalaringizni akkauntingizga qo‘shing, ko‘proq jetonli tarifni tanlang va mashg‘ulotlardan zavqlaning
Profil bo‘limiga o‘ting va har bir farzandingizni alohida qo‘shing — ismini, tug‘ilgan sanasini kiriting va avatarini tanlang. Shunda ularga mos to‘garaklarni topish osonroq bo‘ladi, jadvalda esa kim qaysi mashg‘ulotga yozilganini aniq ko‘rasiz
Do‘stlaringizni taklif qiling va mashg‘ulotlarga bepul qatnashing!
Obunani rasmiylashtirganingizdan so‘ng sizga shaxsiy promokod beriladi. Uni boshqalar bilan ulashing va jetonlar ishlab oling
1-qadam. Promokodingizni nusxalang va do‘stlaringizga yuboring
2-qadam. Do‘stlaringiz ro‘yxatdan o‘tishda promokodingizni kiritadi va obunaga 10% chegirma oladi
3-qadam. Ro‘yxatdan o‘tganidan keyin 7 kun ichida istalgan tarif uchun to‘lovni amalga oshiradi
4-qadam. Obuna xarid qilgan har bir do‘stingiz uchun +15 jeton olasiz
Promokodingiz orqali 1Fit Kids obunasini xarid qiladigan do‘stlaringiz qancha ko‘p bo‘lsa, bonus jetonlaringiz ham shuncha ko‘p bo‘ladi!
Bonus jetonlar navbatdagi oylik obuna to‘lovidan keyin balansingizga tushadi va 1 oy davomida amal qiladi. Ularni oddiy jetonlar kabi mashg‘ulotlar uchun sarflashingiz mumkin
1. Ilovaning bosh sahifasini oching
2. «🎁 +15 oling» tugmasini bosing
3. Shaxsiy promokodingizni nusxalang
4. Uni messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali do‘stlaringizga yuboring. Tayyor!
1Fit Kids ilovasida ro‘yxatdan o‘tish vaqtida promokodingizni kiritgan do‘stlaringiz obunaga chegirma oladi. Agar ular obuna uchun to‘lovni amalga oshirsa, har bir do‘stingiz uchun +15 jeton olasiz
Bir tarifdan boshqasiga o‘tish uchun «Profil» → «Obunani boshqarish» → «Tarifni o‘zgartirish» bo‘limiga o‘ting. Yangi tarifni tanlang — bir oy davomida sizga qancha jeton kerakligini hisobga oling
Agar ko‘proq jetonli tarifni tanlasangiz, to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng jetonlar balansingizga darhol qo‘shiladi va kartangizdan keyingi to‘lov yechiladigan sana o‘zgaradi
Agar kamroq jetonli tarifni tanlasangiz, u keyingi to‘lov sanasidan boshlab amal qiladi. Ungacha joriy tarifingizdagi jetonlarni sarflashda davom etasiz va qo‘shimcha to‘lov qilmaysiz. Keyingi to‘lov kuni yangi tarif narxi kartangizdan yechiladi va yangi jetonlar paketi hisobingizga tushadi
Agar jetonlaringiz yetarli bo‘lmasa, balansingizni to‘ldirib, bemalol mashg‘ulotlarga yozilishingiz mumkin
Qo‘shimcha jeton xarid qilish uchun «Profil» → «Balansni to‘ldirish» bo‘limiga o‘ting. Jetonlar paketini tanlang yoki «O‘z miqdorim» bo‘limida kerakli miqdorni kiriting. Kamida 10 ta, ko‘pi bilan 1000 ta jeton xarid qilishingiz mumkin
Qo‘shimcha xarid qilingan jetonlar keyingi to‘lov sanasigacha balansingizda saqlanadi. Ularni shu vaqtgacha sarflashga ulgurib qoling, aks holda ular kuyadi
Jetonlar — 1Fit Kids ilovasining ichki valyutasi. Obuna uchun to‘lov qilganingizdan so‘ng jetonlar hisobingizga tushadi va ularni ilovada mavjud istalgan mashg‘ulot uchun sarflashingiz mumkin
Har bir mashg‘ulotning o‘z narxi bor: biri 5 jeton, boshqasi esa 9 jeton turishi mumkin. Shuning uchun tarifni tanlashda qatnashmoqchi bo‘lgan mashg‘ulotlaringiz narxini hisobga oling
Agar jetonlaringiz tugasa, obuna uchun keyingi to‘lov amalga oshirilishini kutishingiz kerak. Kartangizdan to‘lov yechilgan zahoti yangi jetonlar hisobingizga tushadi
Agar bir oy ichida barcha jetonlarni sarflashga ulgurmasangiz, qolgan jetonlar kuyadi
Agar oy oxirigacha barcha jetonlarni sarflashga ulgurmasangiz, do‘stlaringizni ham mashg‘ulotlarga taklif qiling! Profilingizga istalgancha bola qo‘shishingiz va ularning mashg‘ulotlari uchun o‘z jetonlaringiz bilan to‘lashingiz mumkin
Obuna bekor qilinganidan keyin jetonlardan oldindan to‘langan davr oxirigacha foydalanishingiz mumkin
Mashg‘ulotga yozilish uchun bosh sahifaga o‘ting, qiziqtirgan toifani tanlang yoki xaritadan mos seksiyalar va to‘garaklarni toping. Sana va vaqtni tanlang, bolani ko‘rsating va yozilishni tasdiqlang — mashg‘ulot «Jadval» bo‘limida paydo bo‘ladi
Mashg‘ulotga yozilganingizda jetonlar balansingizdan yechiladi. Agar mashg‘ulotni belgilangan muddatda bekor qilsangiz, jetonlar balansingizga qaytariladi
Belgilangan vaqtda ko‘rsatilgan manzilga boring va «Tasdiqlash» tugmasini bosib, tashrifingizni tasdiqlang
Jadval odatda bir hafta yoki bir oy oldinga ko‘rsatiladi — bu markazning o‘ziga bog‘liq. Mashg‘ulot boshlanishidan oldin istalgan vaqtda yozilishingiz mumkin. Asosiysi, bo‘sh joylar bo‘lishi kerak
Tashrifingizni tasdiqlash uchun «Jadval» bo‘limiga o‘ting va mashg‘ulot kartasidagi «Tasdiqlash» tugmasini bosing
Diqqat! Bu vaqtda mashg‘ulot o‘tkaziladigan joyning o‘zida bo‘lishingiz kerak
Agar tasdiqlashda muammo yuzaga kelsa, qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling — yordam beramiz
Ha, mashg‘ulotni bekor qilishingiz mumkin, ammo uning boshlanishiga kamida 4 soat qolgan bo‘lishi kerak
Mashg‘ulotni bekor qilish uchun «Jadval» bo‘limiga o‘ting, mashg‘ulot kartasidagi uch nuqtali tugmani bosing va «Bekor qilish» bandini tanlang
Agar mashg‘ulot boshlanishiga 4 soatdan kam vaqt qolgan bo‘lsa, uni bekor qila olmaysiz va yechilgan jetonlar qaytarilmaydi. Ammo mashg‘ulot bolalar markazi tomonidan bekor qilinsa, jetonlar balansingizga qaytariladi
Iltimos, mashg‘ulotlarga jadval bo‘yicha keling! Agar kelishingizning iloji bo‘lmasa va bekor qilishga ulgurmagan bo‘lsangiz, bolalar markazi xodimlarini o‘zingiz ogohlantiring 🙏
Hechqisi yo‘q! Bolalar bilan biror joyga o‘z vaqtida yetib borish qanchalik qiyinligini bilamiz. Shu sababli tashrifingizni o‘sha kunning istalgan vaqtida tasdiqlashingiz mumkin
Asosiysi, kechikayotgan bo‘lsangiz, bolalar markazi xodimlarini albatta ogohlantiring
Agar mashg‘ulotni bekor qilmasangiz va unga kelmasangiz ham, jetonlar balansingizdan yechiladi
Rejalaringiz o‘zgarsa, mashg‘ulot boshlanishidan kamida 4 soat oldin uni bekor qiling. Agar o‘z vaqtida bekor qilishga ulgurmagan bo‘lsangiz, kelmasligingiz haqida bolalar markazini albatta ogohlantiring
Ha. Oyiga bir marta obunani 14 kungacha muzlatishingiz mumkin
Obunani muzlatganingizda, jadvalingizdagi barcha rejalashtirilgan mashg‘ulotlar bekor qilinadi. Balansingizdagi jetonlar soni esa o‘zgarmaydi. Obunani istalgan vaqtda qayta faollashtirib, mashg‘ulotlarga yozilishingiz mumkin
Obunani qayta faollashtirganingizda, keyingi to‘lov sanasi o‘zgaradi: u obuna muzlatilgan kunlar soniga qarab oldinga suriladi. Masalan, siz obuna uchun har oy oyning 1-kunida to‘lov qilasiz va obunani 14 kunga muzlatdingiz. Obunani qayta faollashtirganingizdan so‘ng, keyingi to‘lov sanasi oyning 15-kuniga ko‘chadi
https://influencer.1fit.kids/ saytiga o‘ting va ariza qoldiring. Arizada ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringiz havolalarini ko‘rsatishni va sahifalaringiz statistikasi aks etgan skrinshotlarni ilova qilishni unutmang. Arizangizni bir necha kun ichida ko‘rib chiqamiz va sizga javob beramiz
Agar blogingiz qadriyatlarimizga mos kelsa, sizga shaxsiy promokodingizni yuboramiz. Uni obunachilaringiz bilan ulashing va ro‘yxatdan o‘tishda promokodingizni ko‘rsatib, obuna sotib olgan har bir kishi uchun 20 ta jeton oling. Ushbu jetonlar 30 kun davomida balansingizda mavjud bo‘ladi
1Fit Kids ambassadorlariga oddiy obunani rasmiylashtirish mumkin emas. Biroq referal orqali olishingiz mumkin bo‘lgan jetonlar soni cheklanmagan. Promokodingiz orqali xaridlar qancha ko‘p bo‘lsa, farzandlaringiz uchun bepul mashg‘ulotlar ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Keling, birgalikda rivojlanamiz!
Javob topmadingizmi?
Ko‘proq javoblar ilovada — u yerda qo‘llab-quvvatlash xizmatiga ham yozishingiz mumkin.
